» » MIB Zangiotada o‘qituvchi va shifokorlar uyma-uy yurgani haqidagi maqolaga munosabat bildirdi

MIB Zangiotada o‘qituvchi va shifokorlar uyma-uy yurgani haqidagi maqolaga munosabat bildirdi


“Daryo” internet-nashrida 27-mart kuni “Zangiotada o‘qituvchi va shifokorlar MIB xodimlari bilan uyma-uy yurgani haqida” nomi ostida maqola e’lon qilingan edi. Unda “Daryo” muxbirining uyiga xonadoniga kirib, o‘zini o‘qituvchi va shifokor deya atagan ikki ayol energiya resurslarini hisobga olish resurslari ko‘rsatkichlarini yozib olgani haqida so‘z boradi. Majburiy ijro byurosining bu maqola bo‘yicha raddiyasi “Daryo”ning elektron pochtasiga kelib tushdi. Quyida MIB raddiyasining skrinshoti va raddiyaning to‘liq matni bilan tanishishingiz mumkin.

2018-yilning 27 va 28-mart kunlari internetning “Daryo.uz” va “Zamin.uz” tarmog‘ida Zangiota tumanida o‘qituvchi va shifokorlar Byuro xodimlari bilan uyma-uy yurib, energiya resurslarini hisobga olish uskunalari ko‘rsatkichlarini ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlarini amalga oshirayotgani haqidagi ma’lumot joylashtirilgan.

Murojaatda muallif tomonidan Byuro organlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bevosita amalga oshirmasdan, hududdagi o‘qituvchi va shifokorlarni ko‘rikdan o‘tkazish tadbiriga jalb etishi oqibatida, o‘qituvchi hamda shifokorlar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmayotganligini ta’kidlangan.

Izoh: Iste’molchilarning hisobga olish uskunalari ko‘rsatkichlarini ko‘rikdan o‘tkazish va billing dasturiga kiritish, energiya resurslari va suv ta’minoti uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida undirilishini ta’minlash, qarzdorlikni qisqartirish Byuro davlat inspektorlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Davlat inspektorlariga yuklatilgan yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun Byuro organlari tomonidan boshqa korxona hamda tashkilotlar, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining xodimlari jalb etilmagan, shuningdek Byuro organlariga bunday vakolat berilmagan.

Majburiy ijro byurosi “Daryo.uz” va “Zamin.uz” tarmoqlarida keltirilgan yuqoridagi ma’lumotlarni asossiz va obyektiv faktlar bilan tasdiqlanmagan ma’lumot deb hisoblaydi.

Kelgusida “Daryo.uz” va “Zamin.uz” saytlari ma’muriyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tarqatilayotgan xabarlarning ishonchliligi va xolisligiga alohida e’tibor qaratilishi, shuningdek bu borada Byuro organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi maqsadga muvofiq.

Majburiy ijro byurosi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют