» » Toshkentda IShID g‘oyalariga raddiya tarzida yozilgan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda IShID g‘oyalariga raddiya tarzida yozilgan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Samarqand allomalari”, “Samarqand yodgorliklari” va “IShIDning botil g‘oyalari va ularga raddiyalar” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Taqdimotda akademik-olimlar, professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar, tadqiqotchilar, talabalar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda bugungi globallashuv jarayonida yurtimizda islom dinining asl mazmun-mohiyatini, buyuk allomalarimizning ilmiy va ma’naviy merosini, pandu-o‘gitlarini o‘rganish, tadqiq va targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi.

Mazkur kitoblar umumta’lim, o‘rta maxsus ta’lim o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalarining tarixiy bilimlarga asoslangan huquqiy, diniy bilimini boyitishga ko‘maklashish bilan birga, ilmiy tadqiqotchilar, tarixchi va manbashunoslar uchun manbaviy asos bo‘lib xizmat qiladi.

“IShIDning botil g‘oyalari va ularga raddiyalar” kitobida bugungi kunda o‘zlarining botil g‘oyalarini ilgari surib, “takfir”, “jihod”, “hijrat”, “bay’at”, “tog‘ut”, “xalifalik” singari chaqiriqlar bilan dunyo afkor ommasini tashvishga solayotgan barcha yot diniy oqimlarga nisbatan “jaholatga qarshi ma’rifat” uslubida raddiyalar berilgan. Kitob diniy mutaxassislar, profilaktika ishlari bilan shug‘ullanuvchi soha xizmatchilari, diniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchilar hamda ma’rifiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lganlarga mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют