» » Janubiy Koreya universtiteti professori bo‘lgan namanganlik 34 yoshli olim AQShning nufuzli katalogiga kiritildi

Janubiy Koreya universtiteti professori bo‘lgan namanganlik 34 yoshli olim AQShning nufuzli katalogiga kiritildi


Janubiy Koreyaning Yonnam universiteti professori, namanganlik yosh olim Alisher Dedaxanov Marquis Who’s Who in the World (“Markuis: dunyoda kim aslida kim”) katalogiga kiritildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

34 yoshli Alisher Dedaxanov AQShdagi Marquis noshirlik uyining ushbu nufuzli katalogiga kiritilgan ilk o‘zbekistonlik hisoblanadi. Marquis Who’s Who in the World sahifalaridan biznes, yurisprudensiya, fan, tibbiyot, san’at, boshqaruv kabi sohalarda dunyo yetakchilari va mutaxassislarining tarjimai hollari o‘rin oladi.

U Toshkent davlat sharqshunoslik institutini bitirib, Janubiy Koreyaning Yonnam universitetida tahsil oldi va magistrlikni egalladi. Keyinchalik esa o‘zi o‘qigan universitetda doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, 30 yoshida falsafa doktori (PhD) darajasiga sazovor bo‘ldi.

O‘zi o‘qigan universitetga ishga qabul qilinib, professor-o‘qituvchi vazifasiga tayinladi. Hozirda dunyoning turli davlatlaridan kelgan talabalarga ta’lim bermoqda. 3 nafar doktorant, 4 nafar magistr talabalarga murabbiy sifatida ilmiy rahbarlik qilmoqda. Yonnam universitetidagi 885 nafar professor-o‘qituvchi orasida ta’lim berish bo‘yicha eng kuchli 5 foizlikka kirgan.

AQSh, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Kanada, Koreya va Norvegiyadagi ilmiy jurnallarda korxonalarni boshqarish uslubi, innovatsion faoliyatga ta’sir qiluvchi omillar va shunga o‘xshash boshqa mavzularda 10 dan ortiq  maqolasi chop etildi. Ular dunyo tadqiqotchilar e’tiborini o‘ziga tortdi va yosh olim ilm-fan yo‘nalishiga qo‘shgan hissasi uchun AQSh nashri sahifalaridan o‘rin oldi.

Namangan shahridagi ko‘pchilik taniydigan ziyoli oila — Tohirjon Dedaxanov va Dilorom Sharofiddinovaning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lgan Alisher Namangan muhandislik-qurilish instituti “Menejment” fakulteti talabalari uchun onlayn dars o‘tish rejasini ham ko‘ngliga tugib qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют