» » AQShning Indiana shtatidagi aeroportda ikkita yengil samolyot to‘qnashib ketdi

AQShning Indiana shtatidagi aeroportda ikkita yengil samolyot to‘qnashib ketdi


Amerikaning Indiana shtatidagi aeroportda yengil samolyotlar to‘qnashib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.

NBC telekompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir motorli Cessna 150 samolyoti Marion shahridagi aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagida ikki motorli Cessna 525 biznes-jeti bilan to‘qnashib ketgan.

Cessna 150 qoq ikkiga bo‘linib ketgan, so‘ng ushbu bo‘laklar yonib ketgan. Bortdagi bir kishi samolyotdan otilib chiqib ketib, voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir kishi yong‘inda qurbon bo‘lgan.

Biznes-jet bortida besh kishi bo‘lgan, ular jabrlanmagan.

Halokatga bir motorli samolyot uchuvchisi qandaydir sabablarga ko‘ra biznes-jetni payqamay qolgani sabab bo‘lgan. AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 26) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют