» » Qibray tumanida maktab o‘quvchilari uchun innovatsion lager tashkil etildi

Qibray tumanida maktab o‘quvchilari uchun innovatsion lager tashkil etildi


23—25-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining genomika va bioinformatika markazida uch kunlik “Yosh biotexnolog” innovatsion lageri uyushtirildi. Bu haqda lager tashkilotchilari “Daryo”ga xabar bermoqda.

Innovatsion lagerni tashkil etishdan maqsad o‘quvchilarni genomika va gen muhandisligi sohalaridagi zamonaviy innovatsion texnologiyalar va ushbu ilm-fan yo‘nalishlaridagi O‘zbekiston olimlarining erishgan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirish, yosh avlodni ilm-fanga qiziqtirish va innovatsiyalarni rivojlantirishga jalb qilishdan iboratdir. Lagerda ishtirok etish uchun Toshkent viloyati Qibray tumani maktablaridan har yili biologiya va kimyo fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalarda faol ishtirok etadigan iqtidorli o‘quvchilar tanlab olindi.

Uch kun mobaynida o‘quvchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri laboratoriya tajribalarida ishtirok etdi va markaz olimlarining qiziqarli ma’ruzalarini eshitdi.

Lagerning uchinchi kunida o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashdi. Vazir markaz nomidan lager ishtirokchilarga esdalik sovg‘alar topshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют