» » “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida qarori qabul qilindi

“Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida qarori qabul qilindi


Joriy yilning 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida topshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanalida xabar berildi.

“‘Mo‘tabar ayol’ ko‘krak nishoni bilan mukofotlash O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Boshqaruvining qarori asosida amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

“Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют