» » Toshkentdagi innovatsion yarmarkada talaba “Robot fermer” qurilmasini namoyish etdi

Toshkentdagi innovatsion yarmarkada talaba “Robot fermer” qurilmasini namoyish etdi


“O‘zikkilamchiranglimetall” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi, Artel kompaniyasi hamkorligida uyushtirilgan yarmarkada respublikaning barcha hududidan kelgan yuzlab yoshlar o‘z loyihalari bilan qatnashdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

— “Robot fermer” Yevropa mamlakatlarida keng qo‘llaniladi, — deydi shunday loyiha mualliflaridan biri, Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Tursunpo‘lat Tilovov. — O‘zbekistonda hali bunga qo‘l urilmagani bois, ilk bor ushbu qurilmaning mahalliy modelini yaratdik. U dehqon bajaradigan qo‘l mehnatini avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish imkonini beradi. Ya’ni turli o‘simliklar, gullar va poliz ekinlarini ekadi, parvarishlaydi. Yerning namlik miqdorini ham o‘lchab, o‘z vaqtida sug‘oradi. Hatto begona o‘tlardan tozalay oladi. Buni smartfon orqali masofadan boshqarish imkoniyati ham mavjud. Hozirgi kunda mazkur qurilmadan kichik issiqxonalarda foydalanish mumkin. Keyinchalik uning katta yer maydonlariga mo‘ljallangan takomillashtirilgan modelini yaratish niyatidamiz.

O‘zbekiston Milliy universiteti aspiranti Mirjalol Qurbonovning neft bilan ifloslangan tuproqlar rekultivatsiyasida agrobiotexnologiyalarni qo‘llash g‘oyasi ham ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ydi. Uning aytishicha, biologik tozalash usuliga asoslangan mazkur innovatsion texnologiyani qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘llash natijasida neft bilan ifloslangan tuproq qoplamini 98 foizgacha tozalash, kimyoviy, fizikaviy va biologik xossalarni yaxshilash orqali tuproq unumdorligini oshirishi mumkin. Qolaversa, uning iqtisodiy samaradorligi ham yuqori, ya’ni har bir gektariga 27 million so‘mdan ortiqni tashkil etadi.

Yarmarkada namoyish etilgan innovatsion ishlanmalar biri-biridan qiziq va foydali. Ular kelgusida yirik loyihalar turtki bersa ajab emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют