OChL. “Lokomotiv” safarda “Al-Vahda”ni tor-mor etdi, “Zob Ohan” esa o‘z uyida yutqazdi. Hammasi Toshkentda 17-aprel kuni hal bo‘ladi
Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichida 5-tur o‘yinlari doirasida ikkita uchrashuv yakunlandi.
“B” guruhida Eronning “Zob Ohan” klubi Qatarning “Ad-Duhayl” klubini qabul qilib, 0:1 hisobida yutqazdi. Mazkur natija Toshkentning “Lokomotiv” klubi uchun ayni muddao bo‘ldi.
“Zob Ohan” 5 turdan so‘ng, 6 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni egallab turgan bir vaqtda, “Lokomotiv” safarda “Al-Vahda”ni yirik 4:1 hisobida mag‘lub etishga erishdi. Va o‘zining ochkolari sonini 6 taga yetkazib, Eron jamoasi bilan tenglashib oldi.
Endi “temiryo‘lchilar” 17-aprel sanasida Toshkentda “Zob Ohan”ni qabul qiladi. Bu o‘yinda “Loko”ni faqat g‘alaba qanoatlantiradi.
Osiyo Chempionlar Ligasi
“B” guruhi, 5-tur bellashuvlari
3-aprel, seshanba
Gol: 0:1 — 84 Muhammad
Gollar: 0:1 — 4 Sardor Mirzayev. 0:2 — 39 Sardor Mirzayev. 0:3 — 55 Sanjar Shoahmedov. 1:3 — 88 Holid Ibrohim. 1:4 — 89 avtagol, Ahmad Rashid.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
