» » Navoiydagi “Qizilqumsement” korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Ikki ishchi kasalxonaga yetkazildi

Navoiydagi “Qizilqumsement” korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Ikki ishchi kasalxonaga yetkazildi


Navoiy shahridagi ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan “Qizilqumsement” AJ korxonasida 2-aprel kuni soat 09:55 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirildi. Hodisa oqibatida korxonadagi sovutish inshootining ichki qismi yonib, zarar ko‘rdi.

Korxona ishchilari — 1967-yilda tug‘ilgan Sh.Primov va 1960-yilda tug‘ilgan S.Ikromov kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют