» » Amerikalik erkak Facebook’dagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya chog‘ida boshidan o‘q yedi (video)

Amerikalik erkak Facebook’dagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya chog‘ida boshidan o‘q yedi (video)


AQShlik erkak Facebook’dagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya chog‘ida boshidan o‘q yedi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Hodisa aks etgan videoda avtomobil salonida o‘tirgan ikki erkak va bir ayolni ko‘rish mumkin. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan erkak yonidan to‘pponcha olib, kamera qarshisiga qo‘yadi. Old o‘rindiqdagi qiz uni olib, dastlab kamera obyektiviga, so‘ng yonida o‘tirgan erkakka qaratadi.

Shunda erkak ayolni tinchlantirishga harakat qilib, bu vaziyatdan (to‘pponcha unga qarab turganidan) asabiylashayotganini aytadi. Orqa o‘rindiqdagi erkak esa to‘pponchaning o‘qlanmaganini ta’kidlaydi. Shu paytda o‘q otiladi.

Politsiyachilar voqea joyidan qochishga uringan 25 yoshli Kassandra Damperni qo‘lga oldi. Qizning so‘zlariga ko‘ra, u qurolda o‘q borligini bilmagan.

Jabrlanuvchi — 26 yoshli Devin Xolms ayni paytda shifoxonada, u hayotni ta’minlash qurilmasiga ulab qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют