O‘FA tomonidan belgilangan normativlarni bajarolmagan Pro-liga klublari futbolchilari musobaqaga qo‘yilmaydi
O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan Superliga hamda Pro-liga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilmoqda.
Reja asosida, yangi mavsum oldidan Pro-liga klublari futbolchilari ham normativlarni topshirdi. Normativlar O‘FA Ilmiy-metodik bo‘limi mutaxassislari tomonidan zamonaviy innovatsion texnologiyalar yordamida futbolchilardan qabul qilingan.
Qayd etish joiz, Pro-ligada ishtirok etadigan klublar tarkibidagi bir nechta futbolchi test-sinovlaridan o‘ta olmagan. Ammo ularning ism-sharifi e’lon qilinmadi.
Jumladan:
Klublarda natijalari qoniqarsiz chiqqan futbolchilar vaqtinchalik Pro-liga bahslariga qo‘yilmaydi. Pro-liganing 3-turidan keyin ulardan qaytadan test-sinovlari olinadi.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
