» » Filippinliklar kuzovi bambukdan ishlangan elektromototsiklni yaratdi (video)

Filippinliklar kuzovi bambukdan ishlangan elektromototsiklni yaratdi (video)


Filippinning Meep kompaniyasi kuzov panellari bambukdan ishlangan Green Falcon elektromototsiklini yaratdi. Bu kabi konstruksiyaning og‘irligi atiga 6,5 kilogramm bo‘lib, firma rahbari Kristofer Peres Larsenning so‘zlariga ko‘ra, u “stekloplastik”dan ancha kichik ko‘rinishga ega. Bu haqda RideApart’ga tayanib, “Motor” xabar berdi.

Mototsikl Bamboo Extreme davlat dasturi uchun ishlab chiqarilgan, unda ishtirokchilar bambuk poyalaridan innovatsion g‘oyani taqdim etishlari kerak bo‘lgan. 2020-yilga borib Filippin hukumati 10 million gektar yerga bambuk ekishni rejalashtirmoqda.

Green Falcon uchun ikki qatlamli maxsus bambuk “kosa” yaratilgan, u epoksid yelim bilan mustahkamlangan — bu kabi holatda u po‘latdan ham mustahkam bo‘ladi. Uning ostida elektromotor va batareyalar bloki o‘rin olgan, hozircha ularning texnik tavsifi ma’lum qilinmadi. Mototsikl shahar sharoitida foydalanish uchun ishlab chiqarilgani sabab, uning maksimal tezligi soatiga 97 kilometrni tashkil etadi. Bir marta quvvatlanish orqali 50 kilometr masofani bosib o‘ta oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют