» » Xushnud Xudoyberdiyev: 3 yoshga to‘lmagan bolasini bog‘chaga joylay olmagan ayolning muammosini kim hal qilib beradi?

Xushnud Xudoyberdiyev: 3 yoshga to‘lmagan bolasini bog‘chaga joylay olmagan ayolning muammosini kim hal qilib beradi?


Ba’zan shunday savollar bo‘ladiki, qanday maslahat berishni ham bilmaysan kishi. Mutasaddi tashkilotlar qaror qabul qilayotganda mantiqni qo‘shishsa yomon bo‘lmasdi deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev Facebook’dagi sahifasida.

Huquqshunos maktabgacha ta’lim muassasasiga bolasini joylashtirishda muammoga duch kelgan ayolning murojaatini keltirgan.

“Yolg‘iz onaman. Farzandim 2 yoshga to‘ldi. Endi ishga chiqishim kerak, chunki ishxonam dekret puli to‘lashni to‘xtatdi. Lekin bog‘chalar 3 yoshdan qabul qilamiz, 2 yashar bolani olmaymiz, deyapti. Agar bolamga qarasam, qanday kun ko‘raman? Agar ishga chiqsam, hech kimim yo‘q, bolamga kim qaraydi?”

Xushnud Xudoyberdiyevga ko‘ra, maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni 3 yoshdan qabul qilish boshlanganda bog‘chalar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida edi. Endi vaziyat o‘zgardi: Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi, boz ustiga rahbari ayol kishi.

“Agreppina Shin shu masalada ayollarning muammosini hal qilib bersa yaxshi bo‘lardi. Ortiqcha xarajat, byudjetni iqtisod qilish kabi shablon jihatlarni bir chetga surib, shunchaki oddiy inson sifatida masalani o‘ylab ko‘rishsa, degan umidim yo‘q emas”, — ta’kidladi X. Xudoyberdiyev.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi qarori bilan bog‘chalarga qabul yoshi 3 yosh etib belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют