» » Toshkеnt shahar hokimligi zahirasidagi ko‘kargan piyozni o‘qituvchilarga pullayotgani rad etildi

Toshkеnt shahar hokimligi zahirasidagi ko‘kargan piyozni o‘qituvchilarga pullayotgani rad etildi


Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati 3-aprel kuni xorijiy nashrlarda xususan “Ozodlik” radiosi orqali tarqatilgan “Hokimlikning chirigan piyozini olgan bo‘lardingizmi?” nomli maqolasiga munosabat bildirdi.

Xabarda 2018-yil 30-martdan Toshkent shahridagi xalq ta’limi bo‘limlari maktab o‘qituvchilariga majburan piyoz sotilayotganligi, shahar hokimligi zahirasidagi piyoz ko‘karib, chiriy boshlagani bois bozorda o‘tmaganidan uni o‘qituvchilarga sotish bilan bog‘liq noto‘g‘ri axborot berilgan.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi “2017—2018-yillar qish-bahor faslida respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan kafolatli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3345-son Qaroriga muvofiq, bahor fasli erta kelganligi, havo harorati keskin isib ketishi oqibatida tegishli mutasaddi idoralarning zaxiraga g‘amlangan piyozning sifati o‘zgarishi mumkinligi haqidagi xulosalarini inobatga olib, shuningdek ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish maqsadida, “Toshkent shahri aholisini va ijtimoiy soha, kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi, harbiy muassasalar va ularning hodimlarini bepul piyoz bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Toshkent shahar hokimi, Toshkent shahar prokurori, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari –Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, Toshkent shahar DSB boshlig‘i hamda Toshkent shahar Adliya boshqarmasi 2018-yil 4-aprel kuni qo‘shma Qarorni imzoladi.

Qo‘shma qarorga binoan Toshkent shahri aholisini va ijtimoiy soha, kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi, harbiy muassasalarga zaxira saqlovida mavjud bo‘lgan piyoz mahsulotining bepul yetkazib berilishini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi.

Xususan, bepul piyozning o‘z vaqtida, to‘liq va manzilli yetkazib berilishida muassasa va mahallalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilandi. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, Toshkent shahar veterinariya boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan bepul tarqatilayotgan piyoz mahsulotining sifati buzilmagan holda yetkazilishi nazoratga olingan.

Joriy yilning 4-apreliga qadar tuman xalq ta’limi boshqarmalarida ixtiyoriy savdo yarmarkalari tashkil qilinib piyozning narxi 800 so‘mdan sotilgan.

“Vaziyatni o‘rgangan Toshkent shahar hokimligi mutasaddi vakillari piyozni talab darajasida iste’molga yaroqli ekanini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют