Toshkentda yosh sharqshunoslar anjumani bo‘lib o‘tdi
4-aprel kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida akademik Ubaydulla Karimov nomidagi XV Yosh sharqshunoslar ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Daryo” vakili ishtirok etdi.
Tadbirda 90 ga yaqin akademik fan vakillari, shuningdek, OAV xodimlari qatnashdi.
Anjumanga jami 71 ma’ruza taqdim etildi. Ular orasida sharqshunoslikning turli masalalariga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar bor. Jumladan, konferensiya yalpi majlisi hamda sessiyalarida arabiy va turkiy xatdagi qo‘lyozmalar, o‘rta asrlar tarixi va madaniyati bilan bog‘liq turli masalalar muhokama qilindi. Yalpi majlis yakunida yosh olimlarning chiqishlari yuzasidan tajribali ustozlar o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Tadbir yakunida bir qancha yosh tadqiqotchining maqolalari “Meros” jurnalida chop etishga tavsiya etildi. Shuningdek, eng yaxshi ma’ruzalar mualliflari taqdirlandi.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
