» » Toshkentda tikuv mashinalari olib berish va o‘quv yurtiga kiritishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Toshkentda tikuv mashinalari olib berish va o‘quv yurtiga kiritishni va’da qilgan firibgar ushlandi


Toshkent shahrining Yunusobod tumani IIBga 2-aprel kuni  firibgarlik holati yuzasidan murojaat kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2017-yil 10-avgust kuni Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida yashovchi B. Ibragimov “Buxoro” qahvaxonasida N. Shoaliyevaga o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlashini aytgan.

Unga Xitoydan arzon narxda tikuv mashinalarini olib kelib berishi, tanishini esa Toshkent pediatriya institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Buning uchun undan 4 ming dollar olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida B. Ibragimov qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют