» » “Farg‘onagaz”dagi uzundan-uzoq navbatlar: Axborot texnologiyalari davrida bunday holat sharmandalik emasmi?

“Farg‘onagaz”dagi uzundan-uzoq navbatlar: Axborot texnologiyalari davrida bunday holat sharmandalik emasmi?


Oldinroq Farg‘ona shahar gaz ta’minoti uchastkasidagi uzundan-uzoq navbatlar tanqid qilingandi. O‘zA muxbiri ushbu mavzuga yana qaytdi.

Mazkur uchastka 81 mingdan ortiq aholi hamda 10187 ulgurji iste’molchiga xizmat ko‘rsatadi. Uchastka boshlig‘i Doniyor Teshaboyevning ta’kidlashicha, iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish, ularni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Albatta, bu yaxshi. Ammo biz bu yerda hali-hamon iste’molchilar hisob-kitob ishlarini amalga oshirishi uchun sarson-sargardon bo‘layotgani, keti uzilmas navbatlar guvohi bo‘ldik. Bu jarayonni uch kun kuzatdik. Tanqidiy maqoladan so‘ng ham bu yerda hech qanday ish qilinmagan.

Bu yerga har kuni 200-250 kishi murojaat qiladi. Navbatga yozilganingizdan so‘ng uch-to‘rt soatda ishingiz bitishi mumkin.

Ayni vaqtda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining to‘rt nafar xodimi iste’molchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ular qo‘lidan kelgancha ish qilayotir. Ammo ish me’yori ham bor-ku? Bu esa, ortiqcha asabbuzarliklarga sabab bo‘lmoqda.

— Tabiiy gaz bo‘yicha to‘lov qilmoqchi edim, — deydi Nazirjon Hoshimov. —167-raqamda ro‘yxatga yozildim. Qancha odam bu yerda sarson bo‘lmoqda. Axborot texnologiyalari rivojlangan bir vaqtda bunday holat sharmandalik emasmi?

Farg‘ona viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filialida ham bo‘ldik. “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirish guruhi yetakchi mutaxassisi Ikromjon Xabilov bilan suhbatlashdik.

Uning aytishicha, bugungi kunda viloyatda 43 nafar operator va muhandis faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy vazifasi sohaga axborot texnologiyalarini olib kirish, dasturlar yaratishdan iborat ekan. Ammo ular bu vazifa qolib, iste’molchilar bilan hisob-kitob qilish ishlariga jalb etilgan. Shtatlar kamligi bois joylarda iste’molchilarning uzundan-uzun navbatlari yuzaga kelmoqda.

Aybni u yoki bu idoraga ag‘darish muammoga yechim bo‘lmaydi. Rahbarlarning osmonda yuradigan payti o‘tdi. Bugun ular aholi bilan yuzma-yuz bo‘lib, muammolarini amaliy hal etishi kerak. Agar shunday bo‘lganida, odamlarning ortiqcha ovoragarchiligi, haqli e’tirozlari barham topgan bo‘lardi. Yana bir gap, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi ham bu kabi masalalarga e’tibor qaratsa, yaxshi bo‘lardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют