» » Fuqarolar qancha soliq to‘laydi?

Fuqarolar qancha soliq to‘laydi?


Ma’lumki, shu kunlarda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi qizg‘in muhokama bo‘lmoqda. Taqdim etilayotgan yangi konsepsiyada yuridik shaxslar, tadbirkorlik subyektlariga yengillik yaratish bilan birga, oddiy fuqarolarni soliqqa tortish yo‘nalishida ham o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Bugungi kunda, amaldagi soliq qonunchiligi talablariga ko‘ra jismoniy shaxslarning ish haqi fondidan olinadigan soliq va majburiy to‘lovlar ikki qismga bo‘linadi.

Birinchisi, to‘lanishi bevosita jismoniy shaxslarning zimmasiga yuklatilgan soliq va majburiy to‘lovlar bo‘lib, bular to‘rtta shkaladan iborat daromad solig‘i (0 foizda 22,5 foizgacha) ya’ni:

Soliq solinadigan daromad

Ikkinchisi, mikrofirma yoki kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari tomonidan har bir xodim uchun 15 foiz, boshqa turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan esa 25 foiz miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan yagona ijtimoiy to‘lovdir. Bundan tashqari, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali (8 foiz) to‘lanadi.

Bundan ko‘rinadiki, bugungi kunda ish beruvchilar tomonidan jismoniy shaxslarga hisoblangan ish haqi fondidan jami 45—55 foiz miqdorida soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hisoblanib, budjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga o‘tkazib kelinmoqda.

Ish haqi fondidan hisoblanadigan yagona ijtimoiy to‘lov stavkalarining yuqoriligi ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlarni noqonuniy ravishda ishga yollash va “konvert” usulida haq to‘lashga sabab bo‘lmoqda.

Yangi konsepsiyada esa, jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov hamda Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini 25 foiz miqdorida bo‘lgan yagona soliqqa birlashtirish taklif etilmoqda.

Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, taklif etilayotgan tartib, fuqarolarning soliq yukining kamayishini ta’minlashi bilan bir qatorda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqishning soddalashtirilgan mexanizmini yaratadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют