» » Rossiyada yuz bergan YTH oqibatida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Rossiyada yuz bergan YTH oqibatida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi


Rossiyaning Stavropol o‘lkasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Call-markazi” ga fuqaro A.Boymatovdan tushgan ma’lumotga ko‘ra, (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, hozirgi paytda Rossiya Federatsiyasi hududida) 2018-yilning 4-aprel kuni soat 18:39 da Rossiya Federatsiyasi, Izobil shahar okrugining “Stavropol-Novoaleksandrovsk” avtomobil yo’lida “VAZ-2101” rusumli yengil avtomobili, Isuzu rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. YTH natijasida 4 nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘lgan.

Vafot etgan fuqarolar:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etgan fuqarolar Jizzax viloyati Zomin tumanidan. Vafot etganlarning jasadlari Izobil shahar okrugining markaziy kasalxonasiga olib borilgan.

Ushbu ma’lumot Rossiya Federatsiyasi favqulodda vaziyatlar boshqaruvi milliy markazi  tomonidan tasdiqlandi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligida ushbu yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’lumot beruvchi “Tezkor raqamlar” (+998 71) 147-10-50) ish boshladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют