» » O‘zbekiston FVV jamoat joylarda yong‘indan saqlanish qoidalarini taqdim etdi

O‘zbekiston FVV jamoat joylarda yong‘indan saqlanish qoidalarini taqdim etdi


Zamonaviy yirik savdo majmualari fuqarolarning kundalik xarid qilish va madaniy hordiq chiqarish uchun eng qulay va ommabop maskanlariga aylanib bo‘lgan. Ushbu majmualarda xavf-xatar yuzaga kelishi haqida fikr tug‘ilishi qiyin bo‘lsa-da, uni e’tibordan chiqarish mumkin emasligini anglash maqsadga muvofiq, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Eng ko‘p uchraydigan xatar — yong‘indan saqlanish uchun quyidagi oddiy qoidalarga amal qilish zarur:

—savdo markazlariga kirganingizda o‘zingiz yurgan yo‘lingizni (marshrut) eslab qolishga harakat qiling, chunki kutilmaganda uni darhol tark etishingiz kerak bo‘lib qolishi mumkin;

—asosiysi favqulodda evakuatsiya yo‘laklari joylashuviga e’tibor bering. Odatda ular maxsus yozuvlar yoki alohida belgilar bilan ko‘rsatiladi, masalan: ko‘rsatkich, yugurayotgan odam va h.k belgilar;

—savdo markazlarida tutunni ko‘rishingiz yoki uning hidini sezishingiz bilan sarosimaga tushmang, o‘zingizni qo‘lga oling va dadil harakatlaning. Avvalo, xavfning haqiqiy ko‘lamini baholashga harakat qiling. Agar ushbu savdo qilish markazi sizga tanish bo‘lsa, uni eng xavfsiz yo‘nalishda tark etishga harakat qiling. Xavfsiz joyga chiqib bo‘lib, yong‘in xavfsizligi xodimlariga qo‘ng‘iroq qiling;

—ko‘p miqdorda tutun bilan qoplangan joyga imkon qadar yaqinlashmang;

—yuqori qavatlarga chiqmang, chetlarda joylashgan xonalarga yashirinishga urinmang;

—yong‘in paytida liftdan foydalanmang, uni istalgan vaqtda to‘xtatib qo‘yishlari mumkin;

—yong‘in paytida eng muhimi nafas olish yo‘llarini zaharli tutundan himoya qilishdir. Buning eng oson yo‘li — namlangan dastro‘mol yoki boshqa mato bilan nafas olish yo‘llaringizni berkiting (agar matoni namlashning iloji bo‘lmasa, u holda quruq mato ham bo‘ladi);

—iloji boricha pastroqda joylashing, chunki tutun konsentratsiyasi quyida kamroq bo‘lib, yuqorida ko‘proq to‘planadi;

—oyoq ostida qolib ketmaslik uchun kerakli joyga o‘rtacha tezlik bilan chiqishga harakat qiling;

—tutun ichida ko‘rish yomonlashganda, devorlar yoki tutqichlarga suyanib, harakatlaning;

—agar yo‘lingizda harorat ko‘tarilib ketayotganini his qilsangiz, ortga qayting;

—olomon orasida qolib ketsangiz qo‘llaringizni musht qilib, tirsaklaringizni eging va ularni ikki yon tomoningizga bosing, oyoqlaringizni oldinga tirab, tanangizni orqaga tashlang, ortingizdagi bosimni ushlab turib, oldindan joy bo‘shatib harakatlaning;

—agar kiyimingiz yonayotgan bo‘lsa, har qanday holatda ham yugurish mumkin emas, chunki yugurish alangani kuchaytiradi. Olovni o‘chirish uchun yerga yotib dumalash yoki yonayotgan kiyimni yechib tashlashga harakat qiling. Kislorodning olov bilan kirishishini cheklash uchun o‘zingizni qattiq mato yoki kiyim bilan o‘rashingiz mumkin. Teriga olov ta’sirida yopishib qolgan matolarni ko‘chirib olishga harakat qilmang — buni shifokor qilgani ma’qul;

—imkon qadar yong‘inni o‘chirishda savdo markazining xodimlariga yordam berishingiz mumkin, ammo ularga xalaqit bermaslik yanada muhimroq ekanligini unutmang.

Savdo markazlarining xodimlari yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishi va shu kabi holatlarda harakat rejasini ishlab chiqishi kerak.

Kichik yong‘inlar sodir bo‘lganda, ya’ni o‘t o‘chiruvchilarning yordamisiz yong‘inni o‘chirish imkoniyati mavjud bo‘lsa, darhol o‘chirish choralarini ko‘rilishi zarur.

Yoningizda yordamga muhtoj va hayoti xavf ostida qolganlarni ko‘rsangiz, albatta yordam qo‘lini uzating, ammo o‘z xavfsizligingizni ham unutmang.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют