» » Andijondagi savdo markazlarida Kemerova fojiasidan keyin yong‘inga qarshi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi (foto)

Andijondagi savdo markazlarida Kemerova fojiasidan keyin yong‘inga qarshi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi (foto)


Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi ko‘ngilochar majmuada sodir bo‘lgan yong‘in holatlarining O‘zbekistonda takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Andijon shahridagi “O‘zbegim” va “Xolis” savdo va ko‘ngilochar majmualarida yong‘inni o‘chirish borasida amaliy-taktik mashqlar o‘tkazildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB YOXB matbuot xizmati xabar berdi.

Mashg‘ulotda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv bo‘linmasi, yong‘in xavfsizligi boshqarmasining maxsus guruhlari, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash boshqarmalari, tez tibbiy yordam xizmati, telekommunikatsiyalar bog‘lamasi, elektr tarmoqlari, gaz va “Suvoqova” korxonalari vakillari, maskanning 110 nafar ishchi-xizmatchilari ishtirok etdi.

Barcha xizmatchilar o‘zlariga belgilangan vazifalarni bajarib, yong‘in o‘chiruvchilar shartli yong‘inni qisqa fursatda, sifatli bartaraf etdi. Qutqaruvchilar, tibbiyot, gaz, elektr tarmoqlari idoralari xodimlari bilan birgalikda yong‘indan jabrlanganlar sonining ortib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, og‘ir oqibatlarning oldini olishga harakat qildi.

Mashg‘ulotga maskanning ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatlari hamda hamkorlikdagi xizmatlarning 7 ta maxsus texnikasi, Andijon shahar yong‘in xavfsizligi gornizonining 3 ta asosiy yong‘in o‘chirish avtomobillari jalb etildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kemerovodagi fojiadan so‘ng Toshkentdagi barcha savdo markazlari yong‘in xavfsizligiga yoppasiga tekshiruvdan o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют