» » FVV poytaxtdagi ko‘ngilochar va savdo majmualarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda (foto)

FVV poytaxtdagi ko‘ngilochar va savdo majmualarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda (foto)


2-aprel kuni Toshkentdagi Mega Planet va Vega centre ko‘ngilochar va savdo majmualarida Toshkent shahar IIBB YoXB, FVB, “O‘zdavenergonazorat” Toshkent shahar bo‘limi, Gaz avariya xizmati hamda Toshkent shahar SSB tez tibbiy yordam stansiyasi xodimlari hamkorligida favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalariga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Mashg‘ulotlar davomida majmua xodimlari yong‘in kelib chiqqanda uni bartaraf etish, fuqarolarni evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordamni ko‘rsatish mashqlarini bevosita mutaxassislar bilan birgalikda bajardi.

“Alohida e’tibor fuqarolar bilan ishlashga qaratildi: yong‘in yuz berganda sarosimaga tushmasdan, bolalar va kattalarni binodan tashqariga olib chiqish yo‘llari ko‘rsatib berildi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, mashg‘ulot doirasida ushbu binolardagi yong‘inga qarshi xavfsizlik tizimlari, evakuatsiya rejalari, yong‘in o‘chirish vositalari holatining sozligi, zaxira chiqish yo‘llari va ko‘rsatkichlarining mavjudligi tekshiruvdan o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют