» » Qirg‘izistondagi to‘yda salkam 250 kishining zaharlanishiga tovuq go‘shtidan tayyorlangan taom sababchi bo‘lgan

Qirg‘izistondagi to‘yda salkam 250 kishining zaharlanishiga tovuq go‘shtidan tayyorlangan taom sababchi bo‘lgan


Qirg‘izistonning Bishkek shahridagi restoranlardan birida nishonlangan to‘y marosimida sodir bo‘lgan ommaviy zaharlanishga tovuq go‘shtidan tayyorlangan tailandcha taom sabab bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Yulduz Aygerchinovaga tayanib, Meduza xabar berdi.

To‘y marosimida dasturxonga tortilgan tovuq go‘shtidan tayyorlangan taomda salmonella bakteriyasi bo‘lgan. “Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi bemorlardan olingan namuna natijalarida ham salmonella bakteriyasi borligini aniqlangan”, — deydi Qirg‘izistonda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili.

Ekspertlarning aniqlashicha, to‘yda tortilgan tovuq g‘oshtili taomning “tayyorlash texnologiyasi va uni saqlash sharoiti buzilgan” bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 31-mart kuni Qirg‘izistondagi restoranlardan birida nishonlangan to‘y marosimida ovqatdan zaharlanganlar soni 232 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют