» » Samarqandda qidiruvda bo‘lgan ikki nafar fuqaro kechirildi, ular o‘z ixtiyori bilan kelgani uchun hibsga olinmadi

Samarqandda qidiruvda bo‘lgan ikki nafar fuqaro kechirildi, ular o‘z ixtiyori bilan kelgani uchun hibsga olinmadi


Maxsus qidiruvdagi fuqarolar va ularning yaqin qarindoshlari bilan viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev “Ularga ayting, qaytishsin, viloyat hokimi sifatida va’da beraman, hech birini qamamaymiz. Prezidentimizning topshirig‘i bu. Ularni to‘g‘ri yo‘lga solamiz, ish bilan ta’minlaymiz, uyi bo‘lmasa, bu borada ham yordam beramiz”, deya qidiruvda yurgan adashganlarning yaqinlariga murojaat etgan edi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur yig‘ilishda 64 yoshli ona, urgutlik Muhayyo Xodiyeva bir emas, uch o‘g‘li chetda yurganini, ularning yosh bolalari borligini aytib, farzandlarini qaytarish borasida yordam so‘ragan.

Oradan hech qancha vaqt o‘tmay Muhayyo Xodiyevaning farzandlari yana O‘zbekistonga qaytib keldi. Bir necha yillardan buyon qidiruvda bo‘lgan aka-uka Asliddin va Xurshid Ergashevlar o‘z ixtiyori bilan O‘zbekistonga qaytgani uchun ularga nisbatan qamoq chorasi qo‘llanilmadi.

“Nevaralarim ham otalari mehriga zor edi. O‘g‘illarim mehnatkash. Endi ular bu ishonchni halol mehnati, Vatanga sadoqati bilan oqlashiga men kafilman. Bizga shunday imkoniyatni bergan Prezidentimizga ming rahmat”, — deydi Muhayyo Hodiyeva.

“To‘g‘ri yo‘ldan adashib, ancha vaqtni Vatanimiz, oilamiz bag‘ridan yiroqda o‘tkazdik. Bizga to‘g‘ri hayot kechirish uchun qayta imkon berilganidan mamnunmiz. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, kelgusida halol mehnat qilib, oilamiz bag‘rida hayot kechiramiz. Buning uchun Prezidentimizdan, bizni qaytishimizga ko‘mak bergan insonlardan minnatdormiz”, — deydi Asliddin Ergashev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют