» » 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan Stavropoldagi YTH joyidan foto va video

4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan Stavropoldagi YTH joyidan foto va video


4-aprel kuni Rossiyaning Stavropol o‘lkasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. YTH Isuzu yuk mashinasi va “Jiguli” avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan.

“Jiguli” haydovchisi va uning ikki yo‘lovchisi hodisa joyida, yana bir yo‘lovchi 5-aprelga o‘tar kechasi shifoxonada vafot etgan.

Hodisa oqibatida Shuhrat Jumaqulov (1983-yilda tug‘ilgan), Mirjalol Tog‘ayev (1991), Muhriddin Qarshiyev (1995) va Bahrom Yunusov (1988) olamdan o‘tgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular Jizzax viloyatining Zomin tumanidan.

Isuzu yuk mashinasini boshqarayotgan 37 yoshli stavropollik erkak YTHda jarohat olgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlardan biri boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2101” mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

O‘zbekiston FVV YTH bo‘yicha “Tezkor raqamlar” ish boshlaganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют