» » Chiroqchi tumanining 12 yilga qamalgan hokimi oqlandi

Chiroqchi tumanining 12 yilga qamalgan hokimi oqlandi


“XXI asr” gazetasining 5-aprel sonida chop etilgan “O‘n yilga cho‘zilgan oqlov yoxud Nurulla Qayumov boshidan kechgan ajib savdolar xususida” sarlavhali maqolada nohaq qamalgan hokimning taqdiri haqida hikoya qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maqolada qayd etilishicha, 2004—2007-yillarda Chiroqchi tuman hokimi bo‘lib ishlagan N.Qayumov jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudining 2008-yil 29-fevraldagi hukmi bilan 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Gazeta sobiq hokimga qo‘yilgan ayblovlar uydirma va soxta ekanini bildiradi.

Tergovda hokimni ko‘chatlarni o‘z vaqtida sug‘ormagani, Prezident qarori bilan nogironlar internatiga sovg‘a qilingan Damas avtomashinasidan ham xato topilib, “delo”ga tikilgani e’tirof etiladi. “Stolbani qamashga ham asos topgan” idoralar ana shu tariqa hokimga ayb taqagani, unga qarshi soxta jabrlanuvchi yasalgani ta’kidlanadi.

Shuningdek, nohaq qamalgan N.Qayumov tergov hibsxonasida saqlanayotgan paytda onasidan ajrab qolgani va ma’rakasiga bora olmagani, nohaq qamalganidan so‘ng bir akasining infarktga chalingani, yana bir akasi esa vafot etgani haqida so‘z boradi.

N.Qayumov ozodlikka chiqdi. U jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi apellyatsiya sudlov hay’atining 2017-yil 23-noyabrdagi ajrimi bilan barcha ayb epizodlari bo‘yicha aybsiz deb topilib, reabilitatsiya qilish yo‘li bilan oqlandi.

Maqola Jinoyat-protsessual kodeksi 310-moddasida qayd etilgan quyidagi me’yor bilan yakunlanadi:

“Qonunga xilof ravishda hukm qilingani, qonunga xilof ravishda tibbiy muassasaga joylashtirilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqqa olingani yoki uy qamog‘iga joylashtirilgani, qonunga xilof ravishda ushlab turilgani tufayli ishdan (lavozimidan) ozod qilingan yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgan shaxs oldin ishlagan ishiga (lavozimiga) tiklanishi lozim”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют