» » O‘zbekistonda ilgari paxta va g‘alla ekilgan 100 ming gektar yer maydonlariga endi boshqa ekinlar ekiladi

O‘zbekistonda ilgari paxta va g‘alla ekilgan 100 ming gektar yer maydonlariga endi boshqa ekinlar ekiladi


Sabzavot-polizchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarining yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Huqumat qarori (VMQ-258, 03.04.2018-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lumot berildi.

Ushbu qaror bilan  yer sharoiti va suv ta’minoti og‘ir, past rentabelli, oxirgi uch yilda paxta hosildorligi 15 sentnerdan kam bo‘lgan 99 371 gektar yer maydonlarida  sabzavot, poliz, kartoshka, moyli va dukkakli ekinlar ekilishi  belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari mazkur yer maydonlariga paxta va g‘alla ekinlarini ekmaslik bo‘yicha qat’iy ogohlantirildi.

Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini avans mablag‘lari bilan ta’minlash uchun qayta ishlash, tayyorlov va eksportyor korxonalarga, shuningdek, sabzavot, poliz, kartoshka, moyli va dukkakli ekinlarni yetishtirish uchun fermer xo‘jaliklariga ajratiladigan tijorat kreditlari foiz stavkasining besh foizi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.

Iqtisodiyot vazirligiga meva-sabzavot, uzum, poliz va dukkakli don mahsulotlarining turlari bo‘yicha yetishtirish tannarxidan kelib chiqib, mahsulot yetishtiruvchilarning rentabelligini inobatga  olgan holda  ushbu mahsulotlar xaridi uchun o‘rtacha tavsiyaviy narxlarni ishlab chiqish topshirilib, mazkur mahsulotlarning narxi xarid qilish vaqtidagi bozor qiymatidan kelib chiqqan holda o‘zgartirilishi mumkinligi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют