» » Sergelida qurilgan arzon uy-joylar egalarini qiynayotgan muammolarni kim hal qiladi?

Sergelida qurilgan arzon uy-joylar egalarini qiynayotgan muammolarni kim hal qiladi?


“Oila davrasida” gazetasi Toshkent shahri Sergeli tumanida qurilgan arzon uy-joylar egalarini qiynayotgan muammolarni o‘rgandi.

Puli to‘langan, narxi noma’lum...

Bir necha kun oldin tahririyatga shu massivdan kvartira sotib olgan fuqaro Jahongir Badalov murojaat qildi. U Sergelida qurilgan yangi arzon uy-joylarga aholining birontasi hali-hanuz propiskaga qo‘yilmagani, buni mutasaddilar turli sabablar bilan paysalga solib kelayotganini aytdi.

— Sergeli tumani 6-A massividagi yangi qurilgan uylardan uch xonali kvartira xarid qilganmiz, — deydi,— 9-uy 5-xonadon sohibi Jahongir Badalov. — O‘tgan yilning noyabr oyida ko‘chib o‘tdik. Lekin oradan deyarli besh oy o‘tdi hamki, hali-hanuz o‘z xonadonimizga propiskaga qo‘ya olmaymiz. Shuncha vaqtdan beri Sergeli tuman hokimligi, Olmazor tuman hokimligi (ko‘chib kelgan joyi), “Ipoteka bank”ga murojaat qildik. Biroq ming afsuski, ulardan bir xil — “Uylarning narxi hali to‘liq shakllantirilmagan, narx-navosi aniq bo‘lgach, ro‘yxatga qo‘yish uchun ruxsat beriladi”,— degan javob olamiz.

Qiziq, bu holatni qanday tushunish kerak? Axir, mazkur uylar shaxsan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan arzon narxlarda bunyod etilgan-ku! Qolaversa, bu kvartiralar uy-joyga muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan yoki nogironligi bor, xullas, aholining kamxarjroq qatlamiga mo‘ljallangan. Bu uylarning narxi ular hali bitmasdanoq, kerak bo‘lsa, qurilish boshlanmasdan hammaga ma’lum qilingan. Barchaning xabari bor. Shunday ekan, “shakllantirilmagan” yana qanday narx haqida gap bo‘lishi mumkin?

Jahongir Badalov uch xonali kvartira olish uchun boshlang‘ich badal sifatida 56 million 142 ming so‘m mablag‘ni Olmazor tumanidagi “Ipoteka bank” filialiga to‘lagan ekan. O‘sha paytda bank xodimlari kvartiraning bir kvadrat metrini 2 million 685 ming 400 so‘mdan hisoblagan. Lekin hozir ular uyning tannarxi o‘zgarishini aytmoqda. Vaholanki, dastlabki to‘lov amalga oshirilganda uyning narxi sezilarli darajada o‘zgarmasligi aytilgan, va’da qilingan.

— Bu masalada bir necha marotaba bankka murojaat qildim, — deydi Jahongir aka. — Lekin har safar foydasiz. Topib olgan gapi bitta — “uylarning narxi hali shakllantirilmagan”. Shundan keyin Sergeli tuman hokimligidan yordam so‘radim. Afsuski, tuman hokimi bu masalada yordam bera olmasligini, oldin yashagan hududim — Olmazor tuman hokimligiga murojaat qilishim kerakligini aytdi. Uning aytishicha, uyni menga shu tuman hokimi bergan. Shuning uchun propiska masalasini ham u hal etishi lozim emish. Olmazorga borganimda esa tuman hokimligidagilar bu yerdan ko‘chib ketganim bois yashayotgan tumanimdagi hokimlikka murojaat qilishim zarurligini ta’kidladi.

Xullas, otangga bor, onangga bor qabilidagi ishlardan charchadik. Shu muammo deb nainki men, butun massiv aholisi hali-hanuz o‘z uyiga egalik qilish huquqini tasdiqlaydigan order ololmayapti. Order bo‘lmagach esa uyni Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri Sergeli filialida ro‘yxatdan o‘tkazishning imkoni yo‘q.

Pasti boshqa, yuqorisi boshqa

— Alamlisi, mazkur uylarning sifati ham har xil, — deydi 9-uy 37-xonadon sohibi Sirojiddin Jamolov. — Chunki ularni turli pudrat tashkilot quruvchilari qurgan. Masalan, 9-uy bilan 13-uy orasida yer bilan osmoncha farq bor. 13-uyning barcha jihozlari sifatli, bizniki esa ancha past. Vaholanki, ularning hammasi bir xil tip va narxda. Bundan tashqari, 9-uyning tashqi devorlaridagi bo‘yoqlar hali bir yil bo‘lmasdan to‘kilishni boshlagan. Shaxsan o‘zim yashayotgan xonadondagi isitish qurilmasidan suv tomib yotibdi. Qurilish firmasining ish boshqaruvchisiga aytsam, u “uyni qo‘l qo‘yib qabul qilib olgansiz, kam-ko‘stini o‘zingiz qilib olavering”,— dedi. Holbuki, “bironta kam-ko‘sti bo‘lsa, albatta, to‘g‘rilab beramiz”,— deya va’da berishgan edi.

Sirojiddin akaning so‘zlariga ko‘ra, eng achinarlisi, bir xil uylardagi birinchi bilan oltinchi qavatdagi uch xonali xonadonning kvadrat metrida ham yaxshigina farq bor ekan. Masalan, 10-uyning oltinchi qavatidagi xonadon vannasi birinchi qavatdagidan ancha kichkina.

Bunga ishonch hosil qilish maqsadida mazkur uylarni borib ko‘rdik. Haqiqatan ham 9-uy bilan 13-uy orasida sezilarli darajada farq bor ekan. Birgina, 13-uydagi xonadonlarga qo‘yilgan temir eshiklarning ko‘rinishi aytib turibdi: sifati yaxshigina. Biroq 9-uydagi holat buning teskarisi. Eshik yopilsa ochilmaydi, ochilsa yopilmaydi. Hatto, ba’zi xonadon egalari qulfni almashtirishga ham majbur bo‘lgan. Mazkur uydagilarning aytishicha, ko‘pchilik xonadonidagi kamchiliklarni o‘zlari cho‘ntagidan ortiqcha pul sarflab, to‘g‘rilayapti.

Sirojiddin akaning xonadoniga kirdik. Xonaning shiftidan chakka o‘tgan shekilli, bo‘yog‘i ko‘chib ketgan. Issiqlik tizimidan chakillab suv tomib yotibdi. Mazkur holatga oydinlik kiritish uchun 9-uyni qurgan pudratchi tashkilot ish boshqaruvchisidan izoh so‘radik. Uning aytishicha, ular uyni egalariga topshirayotgan vaqtda hammasi risoladagidek bo‘lgan. Qolganidan ularning xabari yo‘q. Boshqa masalalar yuzasidan barcha savolga pudratchi tashkilot rahbariyatidan javob olish mumkinligini aytib, gapni qisqa qildi.

Dori dardidagi dardmandlar

Endi Sergeli 6-A massividagi boshqa muammolar xususida. Hududda besh oydan beri istiqomat qilayotgan aholining so‘zlariga qaraganda, bu yerda hali-hanuz na mahalla fuqarolar yig‘ini, na mahalla raisi bor. Buning oqibatida nogironligi bor shaxslar davlat tomonidan bepul beriladigan dori-darmonlarni ham ololmayapti. Chunki ko‘chib kelgan tumanidagi shifoxona u yerdan ro‘yxatdan chiqarganini aytgan.

Bu yerdagi oilaviy poliklinika shifokorlari esa hali ro‘yxat shakllantirilmagani, ularga hech qanday maxsus tabletkalar kelmaganini vaj qilishdan nariga o‘tmaydi. Ikki o‘rtada muhtoj nogironlar aziyat chekmoqda. Shu bois massivdan uy olganlar qanchalar alamli va og‘ir bo‘lmasin, xonadonlarning kam-ko‘stiga ham rozi. Ular faqat tezroq o‘z xonadoniga egalik qilish huquqi berilishini intiqlik bilan kutmoqda. Eng katta dardi shu…

Vaqtincha ishlagan maktab

Maqolamiz avvalida aytilgandek, mazkur yangi massivda 630 o‘rinli 55-umumta’lim maktabi qurilgan. Eslatib o‘tamiz, Sergeli tumanidagi yangi hudud foydalanishga topshirilgach, shaxsan davlatimiz rahbari bu yerga tashrif buyurib, aholiga yaratilgan sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishgan edi. Hududdagi 55-sonli umumta’lim maktabi ham shular jumlasidan. Bu xushxabar ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Mahalliy telekanallarimizda efirga uzatilgan tasvirlarda aynan shu maktabning ishga tushirilgani, shu hududdagi bolalar o‘qitilayotgani haqida lavhalar berildi. Ammo... Bu yerda istiqomat qilayotganlarning aytishicha, 55-sonli maktab bor-yo‘g‘i ikki oy, nomigagina ishlabdi, xolos. Oradan ikki oy o‘tib, bu maskan hech qanday sababsiz yopib qo‘yilgan va o‘quvchilar avval tahsil olayotgan maktablariga qaytarilgan. Bundan hayratlangan Jahongir Badalov 2018-yil 13-fevralda Vazirlar Mahkamasiga murojaat qilgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Mamajonov imzosi bilan quyidagicha javob xati kelgan: “Sergeli tumanida yangi tashkil etilayotgan 55-sonli umumta’lim maktabini Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilish jarayoni yakunlanmagani munosabati bilan maktab hozirda ish faoliyatini boshlamaganini ma’lum qilamiz. Shuningdek, Bosh boshqarma sizga farzandlaringizni maktabga joylashtirish masalasida yashash hududingizga yaqin bo‘lgan maktab ma’muriyatiga hamda murojaatingizda ko‘rsatilgan yashab turgan uyingizdagi muammolar yuzasidan Sergeli tuman hokimiyatiga murojaat qilishingizni tavsiya etadi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют