» » Qanday qilib Toshkentda yangi qurilayotgan uylardan xarid qilib, pul tejab qolish mumkin?

Qanday qilib Toshkentda yangi qurilayotgan uylardan xarid qilib, pul tejab qolish mumkin?


Bugungi kunda ko‘pchilik Toshkent shahrida qurilayotgan yangi uylardan sotib olishni orzu qiladi. Yangi uylarning o‘ziga xos afzalliklari bo‘lishiga qaramay (yangi bino, keng maydon, zamonaviy tuzilma, propiska va hokazo), kvartiralar narxi qimmatlik qilishi mumkin. Yaxshiyamki, hozirgi kunda kvartira xarid qilish vaqtida mablag‘larni tejab qolish varianti mavjud, biroq buni hamma ham bilmaydi.

Odatda yangi qurilayotgan binolardagi kvartiralar narxi tayyor bino holida bo‘ladigan narxidan ko‘ra sezilarli darajada arzon bo‘ladi (30 foizgacha farq qiladi). So‘nggi oylarda ko‘chmas mulklarning qiymati oshib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, tejab qolinadigan pul ko‘proq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari qurilish davri vaqtida quruvchi tashkilotlar kvartiralar pulini hech qanday foizlarsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishlari ham mumkin (ipoteka bilan adashtirmang). Bu esa birvarakayiga barcha summani to‘lashga qodir bo‘lmagan xaridor uchun ayni muddao.

“Uybor.uz” ko‘chmas mulk portali e’tiboringizga quruvchi tashkilotlar tomonidan bugungi kunda qurilayotgan arzon narxdagi va pulini bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilayotgan kvartiralar ro‘yxatini havola etadi. Siz ulardan kvartira sotib olib pulingizni tejaysiz va foizsiz kreditdan foydalanasiz:

Unutmaslik kerakki, bino tayyor bo‘lgach narxlar ko‘tariladi. Masalan, poydevori endi ko‘tarilayotgan kvartiralar narxi so‘nggi qavatlari bitayotgan kvartiralarnikidan arzon. Obyektni topshirish muddati qanchalik yaqinlashgan sari, uning narxi ham shunchalik ko‘tariladi. Vaqt o‘tishi bilan kvartira narxining o‘zgarishi  — bu quruvchi tashkilotning reklama yoki e’lonlarda kvartiralar narxini e’lon qilmasligining sabablaridan biri hisoblanadi.

Ta’kidlash kerakki, quruvchi tashkilot qurilish davrida kvartira sotib olgan xaridorlar bilan investitsion shartnoma tuzadi, bu esa narxlarning o‘zgartirilishi yoki tashkilotning o‘z majburiyatidan bo‘yin tovlash ehtimolidan himoya qiladi.

Shunday ekan agarda arzon narxda kvartira sotib olmoqchi bo‘lsangiz, uni qurilayotgan vaqtida xarid qiling. Yangi qurilayotgan kvartiralarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishish uchun quyidagi havolaga bosing.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют