» » Payariqda mahalladoshining ho‘kizining o‘g‘irlagan ota-bola qo‘lga olindi

Payariqda mahalladoshining ho‘kizining o‘g‘irlagan ota-bola qo‘lga olindi


Samarqand viloyatining Payariq tumanida bir ota-bola o‘g‘rilikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, 4-aprel kuni Payariq tumani Qizil Olma mahallasida istiqomat qiluvchi 1978-yilda tug‘ilgan fuqaroning uyidan 3,5 million so‘mlik bir bosh ho‘kiz o‘g‘irlab ketilgan.

Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu o‘g‘rilikni sodir etishda gumon qilinib shu mahallada istiqomat qiluvchi shaxs o‘g‘li bilan birga sodir etgani aniqlangan.

“Hozirda Payariq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi viloyat IIB axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют