» » AQSh Davlat kotibi yordamchisining o‘rinbosari Oliy Majlis Senatida muzokara o‘tkazdi

AQSh Davlat kotibi yordamchisining o‘rinbosari Oliy Majlis Senatida muzokara o‘tkazdi


AQSh Davlat kotibi yordamchisining inson huquqlari, demokratiya va mehnat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rendi Berri boshchiligidagi delegatsiya 6-aprel kuni Oliy Majlis Senatida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Uchrashuvda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev O‘zbekiston va AQSh hamkorligi izchil taraqqiy etayotgani, ikki davlat rahbarlarining muloqotlari mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik rivojiga yangi sur’at bag‘ishlaganini ta’kidladi.

Muloqotda mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarning huquqiy asosini mustahkamlash va fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvidagi ishtirokini ta’minlashda parlamentlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Davlat va jamiyat hayotida kechayotgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo‘lida o‘zaro tajriba almashuvini faollashtirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasida bo‘lib o‘tgan muloqotda vijdon va diniy e’tiqod erkinligi, fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, diniy tashkilot faoliyati haqida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov mamlakatda turli dinlar o‘rtasidagi munosabat bag‘rikenglik, hamjihatlik tamoyillari asosiga qurilgani, diniy bag‘rikenglik sohasidagi tashabbuslar tinchlikni asrash, sof islom ma’rifatini keng yoyishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Rendi Berri O‘zbekistonda tabarruk qadamjolarni obodonlashtirish, milliy-diniy urf-odatlarni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar tahsinga loyiq ekanini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют