WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Latviya kompaniyasi O‘zbekistonda baliqni qayta ishlovchi 2 ta zavod quradi
Latviya kompaniyasi O‘zbekistonda baliqni qayta ishlovchi 2 ta zavod quradi
Latviyaning Regrand kompaniyasi O‘zbekistonda baliqni qayta ishlash zavodlarni qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Spot xabar berdi.
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida baliqni chuqur kompleks qayta ishlash zavodi joriy yil kuzida ishga tushirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Loyihaning taxminiy qiymati 1,5 million yevroni tashkil etadi.
Yana bir shunday tayyor holatdagi zavod Toshkentda qurilmoqda. Uning sexlarida O‘zbekistonda ilk bor krab tayoqchalari ishlab chiqariladi.
Mazkur obyekt 1,5 yil ichida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?