» » Facebook Cambridge Analytica tomonidan ma’lumotlari olingan 2,7 million foydalanuvchi haqida ma’lum qildi

Facebook Cambridge Analytica tomonidan ma’lumotlari olingan 2,7 million foydalanuvchi haqida ma’lum qildi


Facebook ijtimoiy tarmog‘i Yevropa Ittifoqidagi 2,7 million foydalanuvchining ma’lumotlari Cambridge Analytica siyosiy konsalting kompaniyasiga noqonuniy tarzda yuborilganini tasdiqladi. Bu haqda Yevrokomissiya vakiliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoq vakillarining maktubi yevropalik mutassaddilarga 5-aprel, payshanba kuni yetib kelgan. Maktubda Facebook’ning o‘sha vaqtdan boshlangan javob qadamlari ham tushuntirilgan.

Yevrokomissiyaning ma’lum qilishicha, vaziyatga yanada aniqroq tushuntirishlar talab qilinadi va Facebook’ka bosim o‘tkaziladi.

Ijtimoiy tarmoq Cambridge Analytica hammasi bo‘lib taxminan 87 million foydalanuvchining ma’lumotini yiqqan, deb hisoblamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют