» » Toshkent viloyatida Baliq ishlab chiqaruvchi erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi

Toshkent viloyatida Baliq ishlab chiqaruvchi erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi


Ozbekiston Prezidentining Baliqchilik tarmogini jadal rivojlantirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori elon qilindi. Hujjat matni OzA tomonidan keltirildi.

Hujjatga muvofiq, Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hokimligiga sud qarori bilan berilgan mol-mulk va yer uchastkalari, shu jumladan, suv havzalari negizida Baliq ishlab chiqaruvchi erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi.

Baliqchilik tarmogini rivojlantirish maqsadida Ormon xojaligi davlat qomitasi balansida bolgan tabiiy suv havzalari doimiy ravishda alohida foydalanish uchun Ozbekbaliqsanoat uyushmasiga beriladi.

Tabiiy suv havzalarining ijara tolovlaridan kelib tushgan mablaglar toliq hajmda Ozbekbaliqsanoat uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamgarmasiga yonaltiriladi.

2018-yil 1-noyabrga qadar maqsadga nomuvofiq foydalanilayotgan tabiiy va suniy suv havzalari xatlovdan otkaziladi, ularni tovar baliqlar va baliq chavoqlarini yetishtirishga jalb qilish choralari koriladi.

Qishloq xojaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasi tarkibida 5 nafar shtat birligidan kam bolmagan Baliqchilikni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etiladi.

2018/2019-oquv yilidan boshlab oliy talim muassasalarida baliqchilik sohasi yonalishlarida bakalavrlarni tayyorlash boyicha qabul kvotasini kamida ikki baravar oshiriladi. Toshkent davlat agrar universitetida kamida 6 nafardan iborat magistratura kursi tashkil etiladi.

Arnasoy qishloq xojaligi va transport kasb-hunar kolleji hamda Quyi Chirchiq agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji qoshida baliqchilarni tayyorlash hamda baliqchilik xojaligi xodimlarining malakasini oshirish kurslari ochiladi.

Qoraqalpogiston Respublikasi, Buxoro, Toshkent va Fargona viloyatlarida baliqchilik xojaliklariga ixtiopatologik xizmat korsatish uchun laboratoriyalar tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-04-2018, 11:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -