» » O‘zbekiston Prezidentining “Pillachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

O‘zbekiston Prezidentining “Pillachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi


O‘zbekiston Prezidentining “Pillachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi muassisligida muassasa shaklida qayta tashkil etilib, uning moliyalashtirish manbalari belgilab berildi.

“O‘zpaxtasanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarga qarashli ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlar “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga tekin foydalanish huquqi asosida 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga foydalanish uchun berildi.

Tutzor maydonlarida yangi quriladigan va ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlar yer solig‘i, mulk solig‘i, yagona yer solig‘i hamda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lovlardan;

“O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan tekin foydalanish huquqi asosida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga foydalanish uchun berilgan ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlar yer, mulk va ijarachining ijara haqi hisoblanadigan foyda solig‘idan ozod etildi.

Qaror bilan, shuningdek, yangi tut plantatsiyalarini barpo etish parametrlari tasdiqlandi.

Xususan, hozirda mavjud 43 332 gektar tut plantatsiyasiga qo‘shimcha ravishda joriy yil davomida yana 6 430 gektar maydonda yangi tut plantatsiyalari barpo etiladi va 306 ta ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlar quriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют