» » Toshkent viloyatida mast holatda mashina boshqargan 60 dan ortiq haydovchiga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi

Toshkent viloyatida mast holatda mashina boshqargan 60 dan ortiq haydovchiga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi


2018-yilning 3 oy davomida jami 2500 nafardan ortiq mast holatdagi haydovchilar aniqlanib, belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Aniqlangan mast haydovchilarning 400 nafariga tegishli rasmiylashtirilgan bayonnomalar Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va qo‘shni viloyatlarga jo‘natilgan.

Bundan tashqari Toshkent viloyati Ma’muriy sudyalari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi hamda 136-moddasining tegishli bandlariga asosan 1300 dan ortiq haydovchilarga nisbatan choralar qo‘llanilib, transport vositasini boshqarish huquqidan turli muddatlarga mahrum etildi. 60 dan ortiq haydovchilarga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют