» » Toshkent viloyatida 3 oy ichida qoidabuzar piyodalardan 100 million so‘mdan ortiq jarima undirildi

Toshkent viloyatida 3 oy ichida qoidabuzar piyodalardan 100 million so‘mdan ortiq jarima undirildi


2018-yilning 3 oyi davomida Toshkent viloyatida 4000 dan ortiq qoidabuzar piyodalar aniqlanib, ularning 1882 nafariga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ulardan jami 100 million so‘mdan ortiq jarimalar undirilgan. 204 nafari majburiy undiruv uchun sud idoralariga yuborilgan. 546 nafar piyodalardan belgilangan jarimalarni undirish choralari ko‘rilmoqda. 900 nafardan ortiq fuqarolarga rasmiylashtirilgan bayonnomalar Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va qo‘shni viloyatlarga jo‘natilgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Toshkent viloyati hududida joylashgan maktablarda va boshqa o‘quv muassasalarida “Yo‘l harakati qoidalari”darslari o‘tilishi muntazam ravishda nazorat qilinib, “Diqqat bolalar!” va “Diqqat piyoda!”tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют