» » Oqoltin tumanida YHX guruhi ikki oy ichida ma’muriy bayonnomalardan 104 million so‘mdan ko‘proq jarima undirdi

Oqoltin tumanida YHX guruhi ikki oy ichida ma’muriy bayonnomalardan 104 million so‘mdan ko‘proq jarima undirdi


Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan joriy yilning ikki yarim oyi davomida 870 ma’muriy bayonnomalardan 104 million 342 ming so‘mdan ziyod jarima undirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Oqoltin IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan 15-martgacha bo‘lgan holatiga ko‘ra 360 qoidabuzarlik qayd etildi. Shundan 162 tasi qo‘pol qoida buzilishi bo‘lib, avtotransport haydovchilari 10 holatda mashinani mast holatda boshqargan. Spirtli ichimlik iste’mol qilib avtomobilni boshqargan haydovchilarga tuzilgan bayonnomalarning barchasi qonuniy qaror qabul qilish uchun tuman ma’muriy sudiga taqdim etildi.

Shuningdek, tuman yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 347 avtotransport vositasi texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ulardan davlat hisobiga 5 million 976 ming so‘mdan ziyod mablag‘ undirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют