» » Toshkent viloyatida yo‘l-harakati qoidalarini buzgan piyodalarga bir kunda salkam 12 mln so‘m jarima solindi

Toshkent viloyatida yo‘l-harakati qoidalarini buzgan piyodalarga bir kunda salkam 12 mln so‘m jarima solindi


Toshkent viloyati IIB YHXB tomonidan piyodalar va voyaga yetmagan bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini oldini olish va piyodalarning amaldagi yo‘l harakati qoidalariga itoat qilgan holda serqatnov yo‘llar va chorrahalarda piyodalar uchun belgilangan joylaridan yurishlarini nazorat etish maqsadida 2018-yil 15-mart kuni viloyat hududida “Diqqat bolalar” va “Diqqat piyoda!” bir kunlik profilaktik tadbiri o‘tkazildi.

O‘tkazilgan ushbu tadbir davomida viloyat hududida transport vositasi serqatnov yo‘llarga yaqin joylashgan kollej, maktab hamda bog‘chalarda o‘quvchi yoshlarga yo‘l-harakati qoidalari to‘g‘risida bilim saviyalarini oshirishda o‘z xissalarini qo‘shib, jami 250 dan ortiq suhbatlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari qoidabuzarlik sodir etgan piyodalar aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasi talablari bo‘yicha 205 ta ma’muriy choralar ko‘rishi belgilandi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasi talablariga ko‘ra, ma’muriy chora ko‘rilgan fuqarolar eng kam ish haqining (172 240 so‘m) uchdan bir qismi (57 413 so‘m) barobarida jarimaga tortilgan. Bu salkam 12 million so‘m demakdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют