» » O‘zbekistonda 2018-yil uchun haj ziyorati narxi 38 mln so‘m etib belgilandi

O‘zbekistonda 2018-yil uchun haj ziyorati narxi 38 mln so‘m etib belgilandi


O‘zbekistonda “Haj-2018” mavsumi tashkiliy ishlari boshlandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Saudiya Arabistoni podshohligi O‘zbekiston tomonining haj va umra ishlarini tashkillashtirishi, ziyoratchilarga qulay sharoit yaratish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarini yuqori baholab, Turkiya, Malayziya, Indoneziya davlatlari qatorida ekanligini ta’kidlamoqda.

Haj mavsumida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish uchun soha mutaxassislaridan iborat 230 nafar malakali ishchi guruhi, guruh rahbarlari, tibbiyot guruhi, oshpazlar guruhi safarbar etiladi. Mazkur ishchi guruhi haj mavsumida ziyoratchilarning ibodatlarini emin-erkin va to‘la-to‘kis amalga oshirishlarini ta’minlaydi.

Shuningdek, ziyoratchilarga muqaddas shaharlarda joylashgan eng zamonaviy hamda barcha sharoitlarga ega bo‘lgan mehmonxonalar xizmat ko‘rsatadi. Ziyoratchilar nafaqat mehmonxonalar, balki Mino, Muzdalifa va Arafot vodiylarida ham uch mahal issiq ovqat, 24 soat issiq choy va tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi.

2018-yilgi haj mavsumi ziyoratchilarini saralashda uning moddiy va jismoniy jihatdan safarga tayyorligi, avval hajga bormaganligi, islom dini va haj ibodati haqidagi tushunchalari, ma’naviyati, ma’rifati va odob-ahloqi, mahalladagi obro‘-e’tibori, oilasidagi muhitning sog‘lomligi va farzandlarining ijobiy tavsiflanishi, mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilashga qo‘shayotgan hissasi, yo‘ldan adashganlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, ularning ijtimoiy moslashuviga yordam berishiga alohida e’tibor qaratildi.

2018-yilgi haj mavsumi uchun sarf-xarajatlari eng yuqori darajada ko‘rsatiladigan barcha xizmatlarni e’tiborga olgan holda hamda Haj va umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi qaroriga asosan 38 000 000 so‘m etib belgilandi. Bunda O‘zbekistonda xorijiy valyutaning erkin konvertatsiya qilinishi ham e’tiborga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют