» » Toshkentning Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasida transport yo‘nalishini ajratib turuvchi temir panjaralar olib tashlanmoqda (foto)

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasida transport yo‘nalishini ajratib turuvchi temir panjaralar olib tashlanmoqda (foto)


6-aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tuvchi yo‘lning o‘rta qismiga o‘rnatilgan temir panjaralarni olib tashlash ishlari boshlandi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Bunga qadar shu turdagi panjaralar Mustaqillik, Shota Rustaveli, Shahrisabz va Navoiy (qisman) kabi markaziy ko‘chalardan ham olib tashlangandi.

Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi panjalaralar 2015-yilda, Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining o‘tkazilishiga ko‘rilgan tayyorgarlik vaqtida o‘rnatilgan edi.

2017-yilning bahorida hukumat yo‘llarga o‘rnatilgan bu turdagi ajratib turuvchi to‘siqlar yo‘lovchi va haydovchilarga xavf tug‘dirishi mumkinligini inobatga olib, ularni olib tashlash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют