» » O‘rtachirchiqda 23 yoshli mast yigit 29 yashar nikohsiz turmush o‘rtog‘ini urib o‘ldirdi

O‘rtachirchiqda 23 yoshli mast yigit 29 yashar nikohsiz turmush o‘rtog‘ini urib o‘ldirdi


Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 6-aprel kuni qotillik jinoyati yuz berdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabar berishlaricha, 6-aprel kuni soat 03:00 larda Nurafshon mahallasida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan yigit mast holda uyga kelgan.

“U o‘zaro janjal oqibatida birga yashagan rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i, 1989-yilda tug‘ilgan ayolni tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan. Natijada ayol voqea joyida vafot etgan”, — deyiladi boshqarma axborotida.

Xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda gumonlanuvchi yigit qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют