» » Xonobodda “O‘zbegim” savdo va ko‘ngilochar markazi foydalanishga topshirildi

Xonobodda “O‘zbegim” savdo va ko‘ngilochar markazi foydalanishga topshirildi


Andijon viloyatining Xonobod shahrida uch qavatli “O‘zbegim” savdo va ko‘ngilochar markazi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, markaz “Xonobod Andijon Fayzi” kompaniyasi tomonidan qurilgan. Qurilish va jihozlash ishlariga 10 milliard so‘m miqdorida mablag‘ sarflandi.

Markazda oziq-ovqat, sanoat mahsulotlari, dori-darmon, kiyim-kechak, maishiy texnika jihozlari bilan savdo qiluvchi supermarket, restoran, kafe, kinozal, bolalar attraksionlari, tibbiyot xonalari mavjud.

Markaz bir vaqtning o‘zida 1500 kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Qayd etishlaricha, bu yerda 100 nafar fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘lgan.

O‘zAning qayd etishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil iyunida Andijon viloyatiga, xususan, Xonobod shahriga tashrifi davomida shahar infratuzilmasini rivojlantirish, Xonobodni turistik shaharga aylantirish bo‘yicha qator topshiriqlar bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют