» » C2 guruhi. Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 4:1. Bahodir Jalolov raqibini nokautga uchratdi

C2 guruhi. Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 4:1. Bahodir Jalolov raqibini nokautga uchratdi


Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasiga qarshi jang olib bordi. Bugunning o‘zida 10 ta jang o‘tkazilishi belgilangandi. Ularning barchasi o‘z nihoyasiga yetib ulgurdi.

C1 guruhidan o‘rin olgan 5 ta jangda ham Uzbek Tigers’ning qo‘li baland keldi. C2 guruhining 1-jangi 52 kg vaznda Jasurbek Latipov Xesus Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini muddatidan avval mag‘lub etishga erishdi.

Ikkinchi jang esa 60 kg vaznda Shunqor Abdurasulov va Luis Kabrera o‘rtasida kechdi. Hakamlar ushbu jangda Shunqorning 2:1 hisobida g‘alaba qozonganini qayd etdi.

Uchinchi jang 69 kg vaznda Mahmud G‘oipov hamda Gabriel Maestre o‘rtasida kechdi. Jangda hakamlar Maestrening 3:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi.

To‘rtinchi jangda 81 kg vaznda ringga ko‘tarilga Rio Olimpiadasi sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev raqibi Nalej Korbajni muddatidan avval mag‘lub etishga erishdi.

C2 guruhining so‘nggi jangida +91 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Bahodir Jalolov raqibi Jordan Ernandesni nokautga uchratib, muddatidan avval g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa Uzbek Tigers Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasini umumiy 9:1 hisobida mag‘lub etib etishga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют