» » Darvozabonga kalla qo‘ygan Nivaldo, hakamni turtib yuborgan Sardor Mirzayevga O‘FA tomonidan jazo tayinlandi

Darvozabonga kalla qo‘ygan Nivaldo, hakamni turtib yuborgan Sardor Mirzayevga O‘FA tomonidan jazo tayinlandi


Superliganing 5-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” — “Qo‘qon-1912” o‘yini yuzasidan O‘FA Tartib intizom qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi PFL sayti.

Unda uchrashuv komissarining bildirgisi, o‘yin qayd etilgan videoyozuv ko‘rib chiqildi. O‘yinda “Lokomotiv” futbolchilari Nivaldo va Sardor Mirzayevning xatti-harakatlari o‘rganib chiqilgan va shunga asoslanib, qaror qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Nivaldoga nisbatan Intizom kodeksining 5.45 bandining “m” qismi qo‘llanib, 5 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish hamda 25 million so‘m miqdorida jarima chorasi ko‘rildi. “Lokomotiv” o‘yinchisi Sardor Mirzayevga nisbatan esa Intizom kodeksining 5.56 bandi qo‘llanib, 10 million so‘m miqdorida jarima chorasi ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, bellashuvning ikkinchi bo‘limida, “Lokomotiv” yarim himoyachisi Sardor Mirzayev yordamchi hakam qaroridan norozi bo‘lib, uni ochiqchasiga turtib yuborgandi. So‘nggi daqiqalarda esa “Lokomotiv” hujumchisi Nivaldo raqib darvozaboni O‘tkir Yusupovga kalla qo‘ygandi.

“Championat.asia” nashri yuz bergan holat yuzasidan futbolchilarning o‘zidan intervyu oldi.?

“Lokomotiv”ga g‘alaba kerak edi, deb o‘ylayman. Shuning uchun ham “temiryo‘lchilar” jonini berib o‘ynashdi. Darvozamizni ishg‘ol qila olmagani uchun alam qilgan bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganini bilmayman. Nivaldo qizil kartochka olganidan so‘ng futbol qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatni amalga oshirdi. Nivaldoni haqorat qilganim yo‘q.

O‘tkir Yusupov, “Qo‘qon-1912” darvozaboni

O‘yin oxirida ko‘p kurash bo‘ldi. Raqib darvozaboni meni “maymun”, “negr” deb haqorat qildi. Men o‘zimni tutib tura olmay boshim bilan unga zarba berdim. O‘zimni yo‘qotib qo‘ydim, buni tan olaman. To‘g‘ri bu futbol qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan ish. Muxlislar va “Lokomotiv”dan uzr so‘rayman.

Nivaldo, “Lokomotiv” hujumchisi

Mavzuga doir: Intizomsizligi sabab “Lokomotiv” futbolchisi Ikrom Aliboyev 4 ta o‘yinga chetlatildi va 10 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 01:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют