» » O‘zbekistonda nodavlat bog‘chalarni qurish uchun yer uchastkalari tekinga beriladi

O‘zbekistonda nodavlat bog‘chalarni qurish uchun yer uchastkalari tekinga beriladi


O‘zbekiston Prezidentining maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qaror bilan maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy hamkorlikning quyidagi shakllari joriy etildi:

Nodavlat bog‘chalar binolarini qurish uchun, jumladan, faoliyat ko‘rsatuvchi davlat bog‘chalar hududida tekinga doimiy foydalanish uchun yer uchaskalarini taqdim qilish;

Mavjud davlat maktabgacha ta’lim muassalarini jihozlash va rekonstruksiya qilish sharti bilan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari obyektlari qurish uchun tekinga yer uchatkalarini berish;

Bo‘sh turgan davlat mulk obyektlari, jumladan, faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat bog‘chalarini “nol” qiymatda sotish;

Davlat bog‘chalarining foydalanilmayotgan binolari va korpuslarini tekinga uzoq muddatli foydalanishga berish.

Davlat-xususiy hamkorlik shakliga qarab xususiy hamkorga quyidagi investitsiyaviy majburiyatlar yuklatiladi:

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalardan bo‘lgan muayyan miqdordagi tarbiyalanuvchilarga imtiyozli ota-ona pulini belgilash (mazkur hududdagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmagan holda);

Xususiy hamkorga biriktirilgan bog‘chalarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.

Davlat-xususiy hamkorlikda tashkil qilingan nodavlat bog‘chalar quyidagilardan ozod etildi:

2 yil muddatga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilayotgan jihozlar, inventarlar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘yin maydonlari uchun bojxona to‘lovlaridan;

Faoliyatni boshlagan kundan boshlab 10 yil davomida davlat maqsadli jamg‘armalariga barcha majburiy to‘lovlar va majburiy ajratmalarni to‘lashdan.

Shuningdek, 2018-yil 15-apreldan xodimlarining o‘rtacha yillik soni 100 nafargacha bo‘lgan bog‘chalar kichik tadbirkorlik subyektlariga toifasiga kiritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют