» » C1 guruhi. Uzbek Tigers venesuelalik raqiblarini qanday qilib yengdi? (to‘liq video)

C1 guruhi. Uzbek Tigers venesuelalik raqiblarini qanday qilib yengdi? (to‘liq video)


Kecha, 7-aprel sanasida Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasiga qarshi jang olib bordi. Bugunning o‘zida 10 ta jang o‘tkazilishi belgilangandi. Ularning barchasi o‘z nihoyasiga yetib ulgurdi. Janglarga Termiz shahri mezbonlik qildi.

Jamoalar ikki guruhga C1 va C2 guruhiga bo‘lingan holda jang olib bordi.

Dastavval C1 guruhi bokschilari ringda o‘zaro bellashdi.

-49 kg vazn toifasi bokschilari Nodir Mirzaahmedov hamda Luis Polaso o‘zaro jangda bugungi boks oqshomini ochib berdi. Jangni turkiyalik referi Chinor Yasar boshqarib bordi. Hakamlar qaroriga ko‘ra Nodirjon Mirzaahmedov muddatidan avval g‘alaba qozondi. Raqib bokschining qoshi yorilgani bois, hakamlar jangni to‘xtatdi. Shu tariqa Uzbek Tigers 1:0 hisobida oldingan chiqib oldi.

56 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Shahobiddin Zoirov venusuelalik raqibi Yoel Finolni mag‘lub etdi. Zoirov hakamlarning qaroriga ko‘ra 3:0 (49:46, 49:46, 48:47)  hisobida g‘alaba qozondi.

75 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Isroil Madrimov venusuelalik Keybar Gonsalesga qarshi ringga chiqdi. Isroil Madrimov hakamni ikki bor hisobni ochishga majbur qildi va katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Hakamlar bir ovozdan 3:0 (50:45, 50:43, 50:41) hisobida Isroilning g‘alabasini qayd etdi.

C1 guruhining so‘nggi jangida 91 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Sanjar Tursunovga Venesuela Caciques jamoasidan Bello Dias raqiblik qildi. Sanjar Tursunov ham hakamni 2 bor hisobni ochishga majbur qildi va raqibini mag‘lub etdi. Hakamlar bir ovozdan Sanjarning g‘alabasini qayd etdi. Hisob 3:0 (50:42, 50:44, 50:43) ko‘rinishini oldi.

Shu tariq C1 guruhida Uzbek Tigers raqibini mutlaq 5:0 hisobida yengishga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют