» » Braziliya sobiq prezidenti Lula da Silva korrupsiya ishi bo‘yicha jazoni o‘tay boshladi

Braziliya sobiq prezidenti Lula da Silva korrupsiya ishi bo‘yicha jazoni o‘tay boshladi


Braziliyaning sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva mamlakat janubidagi Kuritiba shahrida joylashgan Federal politsiya binosiga vertolyotda yetkazildi. U yerda sobiq prezident korrupsiya ishi bo‘yicha jazo o‘tashni boshlaydi. Tegishli kadrlarni 7-aprel kuni kechqurun Globo telekanali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda namoyish etdi, deb yozadi “TASS”.

Sobiq prezidentni olib kelgan vertolyot politsiya binosi tomida joylashgan maydonchaga qo‘ndi. Siyosatchini bir nechta huquq-tartibot xodimi kutib oldi va uni bino ichkarisiga kuzatib kirdi. Sud qaroriga muvofiq sobiq prezidentning qo‘llari kishanlanmagan.

Kuritibadagi politsiya binosi oldida Lula da Silvadan norozilar to‘plandi. Ulardan ko‘pchiligi siyosatchining hibsga olinishini bir sutkadan ortiq kutgan. Shuningdek, bino yaqinida sobiq prezidentning tarafdorlaridan iborat guruh ham to‘plangan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida to‘rtinchi okrug federal sudi siyosatchining ishi bo‘yicha ayblov hukmini tasdiqladi va unga nisbatan tayinlangan to‘qqiz yil-u olti oylik qamoq jazosini 12 yil-u bir oygacha uzaytirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют