» » Tojikiston O‘zbekistondan boshqa barcha uchun temir yo‘l orqali yuk tashish narxlarini oshirdi

Tojikiston O‘zbekistondan boshqa barcha uchun temir yo‘l orqali yuk tashish narxlarini oshirdi


Tojikiston shimolida temir yo‘l orqali yuk tashish narxlari oshirildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

“Tojikiston temir yo‘l kompaniyasi So‘g‘d viloyati hududi orqali yuk olib o‘tishning ichki tariflarini sezilarli darajada oshirdi. Yangi tariflar shu yilning 5-aprelidan boshlab amal qiladi”, — deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, 5-apreldan Tojikiston shimolidagi temir yo‘llar orqali neft mahsulotlarini tashish narxi deyarli 60 foiz, suyultirilgan gazni tashish narxi 93 foiz, boshqa mahsulotlar uchun esa 2,4 baravarga oshdi.

Misol uchun, endilikda “Sari Og‘och” (Qozog‘iston) punktidan Xo‘jandga bir tonna benzin yetkazish 57,94 dollarga tushadi (avval 37,85 dollar edi). Suyultirilgan benzin uchun esa yetkazib beruvchi 40,16 dollar to‘laydi (avval 28,8 dollar).

Bu o‘zgarishlar O‘zbekistondan keltiriladigan yuklarga taalluqli emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют