» » Germaniya politsiyasi odamlar ustiga mashina haydagan erkakning xatti-harakatlarini terakt deb baholamadi

Germaniya politsiyasi odamlar ustiga mashina haydagan erkakning xatti-harakatlarini terakt deb baholamadi


Germaniya ichki ishlar vaziri Xorst Zeyerxoferga ko‘ra, Myunster shahrida odamlar ustida yuk mashinasi haydagan erkakning xatti-harakatlarida terakt elementlari aniqlanmagan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, haydovchi yolg‘iz harakat qilgan, jinoyat jamoa bo‘lib yoki biror reja asosida sodir etilmagan.

“Ayni paytda gap yolg‘iz jinoyatchi haqida ketayotgani borasida ishonchli dalillar bor, u terrorchilik tashkilotlari bilan aloqada bo‘lmagan”, — ta’kidladi vazir.

Eslatib o‘tamiz, voqea oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odamlar jarohatlangan edi. Jinoyatni 48 yoshli nemis sodir etgani ma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют